Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
#96_ta_qonun Ishtixon tumanida ijtimoiy xizmatlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati V.Soliyeva tomonidan tumandagi Humo mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida, ushbu qonunning 20-moddasida belgilangan ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmush holatini baholash tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, fuqarolarning murojaatlari asosida ularning ijtimoiy holatini aniqlash, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilinish jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslarni ro‘yxatga olish, ularga zarur maslahatlar berish va individual dasturlar ishlab chiqish amaliyoti o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar asosida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda qonun ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2