Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
💰 “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-26-7-95-K/26-son qarori bilan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2026-yil 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Mazkur qarorga asosan, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va eng ko‘p ovoz to‘plagan tashabbuslar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Endilikda ovoz berishda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha:

🔹 mablag‘ ajratishning huquqiy asosi yaratildi;

🔹 har bir loyiha bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi;

🔹 tegishli tashkilotlarga bajarish vazifasi yuklatildi;

🔹 amalga oshirish jarayoni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nazoratida bo‘ladi.

Bu degani, fuqarolar ovozi bilan tanlangan yo‘l, maktab, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ko‘cha yoritish yoki boshqa ijtimoiy loyihalar endi amalda bajarilish bosqichiga o‘tadi.

Eng muhimi, har bir loyiha oddiy murojaat yoki va’da sifatida emas, balki Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining rasmiy qarori asosida moliyalashtiriladi va ijrosi nazorat qilinadi.

Shu tariqa, “Ochiq byudjet”da berilgan har bir ovoz amaliy natijaga aylanishi, fuqarolar tashabbusi esa Kengash qarori orqali real loyihaga aylanishi ta’minlanmoqda.

Qaror matni (https://kengash.gov.uz/doc/263430)

Slide 1 of 4