Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Chinoz tumani. Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Asqar Baxramov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumanning “Hamza” fuqarolar yig'ini hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o'rganildi.

O‘rganishlar davomida shu narsa aniqlandiki, “Hamza” fuqarolar yig'ini hududi “sariq” toifaga kiruvchi hududlardan biri bo‘lib, bu yerda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli hamda manzilli choralar amalga oshirilmoqda.

Xususan, aholi gavjum joylarda 60 ta zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, bu jinoyatlarning oldini olish va ularni tezkor aniqlash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Shuningdek, mahalla “yettiligi” ishtirokida har bir xonadonga kirib borilgan holda profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, tuman prokurori hamda ichki ishlar bo‘limi rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda yig‘ilishlar tashkil etilib, jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish hamda samarali choralarni belgilash yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Umuman olganda, olib borilgan o‘rganishlar natijasida hududda jinoyatchilikni kamaytirish va uning oldini olish borasida izchil va samarali ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Slide 1 of 4