Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Chinoz tumani. 📌Xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi

🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Nargiza Abdukadirova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova tomonidan tumandagi Xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Yakubova faoliyati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faollari tomonidan hududlarda olib borilayotgan ishlar, ularning samaradorligi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, oilalarda ajrimlarning oldini olish, muammoli oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

♻️O'rganish davomida joriy yil fevral oyi holatiga ko‘ra ajrimlar soni 59 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rilgan profilaktik choralar natijasida ushbu ko‘rsatkich mart oyida 39 nafarga kamaygan. 

❇️Bundan tashqari, “Ayollar daftari”ga kiritilganlar soni 4259 nafarni tashkil etib, ular 5 ta toifa asosida ro‘yxatga olingan. Mazkur toifalarga kiruvchi xotin-qizlarga bosqichma-bosqich ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordamlar amalga oshiriladi.

🌀O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ajrimlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3