Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Chinoz tumani. Sessiya

Joriy yilning 4-aprel kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya kotibligiga 4-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova saylandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i T.Eraliyevning, hokim o'rinbosari T.Tajiboyevning, tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi birinchi o'rinbosari S.Babasaidovning, doimiy komissiya raisi F.Ibragimovning hamda tegishli mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Hikmatilla Hafizov, Farxod Ibragimov, Olimjon Isoqov, Asqar Baxramov, Surayyo Axmedova, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi. 

Slide 1 of 7