Новости

Последние новости

янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGI. PARKENT TUMANIDA “OCHIQ BUDJET” LOYIHALARI: DOLZARB TASHABBUSLAR E’TIBOR MARKAZIDA

Parkent tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Zuhra Mirgaziyeva va Davron Aripovlar ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Elmurod Po‘latov, shuningdek, tegishli tashkilotlar rahbarlari va soha mutaxassislari ham faol ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda “Ochiq budjet” platformasi orqali aholi tomonidan ilgari surilgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi. Har bir tashabbusning amaliy ahamiyati, hudud infratuzilmasini yaxshilashdagi o‘rni hamda aholining kundalik hayotiga ta’siri alohida e’tiborga olindi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, ovoz berish jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, keng jamoatchilik uchun muhim hisoblangan loyihalar yuzasidan ham alohida fikr almashildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Z. Mirgaziyeva va D. Aripovlarga “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida o‘z vakolatlari asosida tanlash imkoniyatidan foydalanib, 351 ta ovoz bilan g‘olib bo‘la olmagan ID-053458227014 hamda 271 ta ovoz bilan g‘olib bo‘la olmagan ID-053456875014 raqamli loyihalarni moliyalashtirish masalasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla raislari nomidan murojaat bildirildi. Natijada, deputatlar, tuman hokimi va tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur loyihalar joyiga chiqib yana bir bor o‘rganildi hamda bildirilgan murojaatlar inobatga olinib, ushbu tashabbuslarni “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida moliyalashtirishga qaror qilindi. Mazkur qaror Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-22-20-10-141-K/26-sonli qarorining 4-ilovasida belgilab qo‘yildi. 

Slide 1 of 6