Новости

Последние новости

янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
#nazorat #tahlil

Olmaliq shahrida "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish va aholi muammolariga yechim topish borasidagi ishchi guruh o'rganishi davom etmoqda. Navbatdagi o‘rganish tadbiri "Bobur" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Mazkur jarayonlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni. ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

🔍 O‘rganish tahlillari va aniqlangan holatlar:

Ishchi guruh a’zolari tomonidan mahalladagi asosiy mas’ullarning xizmat vazifalari ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi:

🏢 Mahalla raisi, Hokim yordamchisi va Xotin-qizlar faoli: Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi hamda ayollar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi;

📂 Ijtimoiy xodim: Muhtoj qatlamga manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish tizimi ko‘zdan kechirildi;

⚠️ Vakant lavozim: O‘rganish davomida mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi hozirda vakant ekanligi aniqlandi va ushbu bo‘sh ish o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi;

🛡 Rejalashtirilgan tadbirlar: Profilaktika inspektori hamda soliq inspektorlari o‘rganish vaqtida xizmat hududida ekanligi sababli, ularning faoliyati bo‘yicha tahlillar qayta o‘tkazilishi belgilandi.

🤝 Uslubiy ko‘mak va hamkorlik:

Deputatlar tomonidan mahalladagi muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlari bilan ishlashda sifatni oshirish bo‘yicha uslubiy tushuntirishlar berildi.

✍️Xulosa:

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash yuzasidan aniq choralar belgilab olindi. Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar shaharning boshqa mahallalarida ham davom etmoqda.

✅Maqsadimiz — mahalla hayotidagi muammolarni tizimli hal etish va xalq roziligiga erishish!

Slide 1 of 5