35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
YANGI LOYIHALAR VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazovaning navbatdagi ish kuni shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va madaniy merosimizni asrab-avaylash masalalariga bag‘ishlandi.

Dastlab, deputat soha mutaxassislari va faollar ishtirokida Urganch shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Zamonaviy texnologiyalarni boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sohalariga tatbiq etish, aholi uchun qulay va raqamlashtirilgan muhit yaratish bo‘yicha muhim takliflar muhokama qilindi.  

Shuningdek, ishchi guruh ishtirokida milliy hunarmandchilik va qadimiy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi madaniyat maskaniga tashrif buyurildi. Bu yerda saqlanayotgan noyob eksponatlar, milliy liboslar va tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan osori-atiqalarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Deputat faoliyatining asosiy mezoni — zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirgan holda, milliy o‘zligimizni yo‘qotmaslikdir. Bugungi o‘rganishlar natijasida shahar Kengashiga kiritiladigan yangi takliflar aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1