35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
NAVRO‘Z BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI.

Bugun, 24-mart kuni Parkent tumani markazidagi “Yoshlar bog‘i”da Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan katta bayram sayli tashkil etildi. Bayram tadbiri karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarni tantanali kutib olish bilan boshlandi. Sayl davomida folklor jamoalarining rang-barang chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmalari, qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib,
yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Shuningdek, milliy maqom san’ati hamda estrada yo‘nalishidagi kuy-qo‘shiqlar yangrab, bayram ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Har bir chiqish va namoyishlarda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari o‘z aksini topdi. Mazkur bayram tadbirining yana bir muhim jihati — unda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining faol ishtiroki bo‘ldi. Deputatlar bayram saylida bevosita qatnashib, aholi bilan samimiy muloqot olib bordilar, ularning kayfiyati va fikr-mulohazalari bilan qiziqdilar. Ular tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, Navro‘zning ma’naviy ahamiyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, deputatlar bayram tadbirlarining tashkiliy jarayonlarida ham o‘z hissalarini qo‘shib, saylning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda faollik ko‘rsatdilar. Ularning ishtiroki tadbirga yanada mazmun bag‘ishlab, xalq bilan davlat vakillari o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Umuman olganda, Parkent tumanida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ayniqsa deputatlarning xalq bilan yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qilgan muhim va esda qolarli tadbirlardan biri bo‘ldi. 

Slide 1 of 3