Новости

Последние новости

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyatida xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhim yig‘ilishda mazkur doimiy komissiya raisi A.Qurbonov boshchiligidagi deputatlar, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri va xodimlari, tumandagi mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar:

  • Vobkent tumani mahalliy budjetining 2025 yil ijrosi hamda daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida;
  • Vobkent tumani bo‘yicha 2026 yilda “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.
  • 2026 yil Vobkent tumanida aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosini Vobkent tumanida ta’minlash to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi vakillarining axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qaror loyihalarini Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5