Новости

Последние новости

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏥 DEPUTAT TIBBIYOT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugidan saylangan deputat M. Narbasheva hamda Sherobod tumani Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, tibbiyot xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar o‘z nutqlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda tibbiyot xodimlarining mehnatini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, tibbiyot sohasi vakillari bilan doimiy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4