Новости

Последние новости

янв.21
JERGILIKLI BYUDJET, ISBILERMENLIKTI RAWAJLANDIRIW HÁM EKONOMIKALIQ REFORMALAR MÁSELELERI BOYINSHA TURAQLI KOMISSIYASINIŃ MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
KEGEYLIDE DEPUTATLAR ULIWMAXALIQLIQ SHEMBILIKKE QATNASPAQTA.
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN BIRGE ISLESIW ÓZ NÁTIYJESIN BERMEKTE
янв.21
ÓzLiDeP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ KEGEYLI RAYONLÍQ KEŃESINIŃ ON JETINShI SESSIYaSÍ BOLÍP ÓTTI
янв.21
“ADOLAT” SDP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
ПАРЛАМЕНТИМИЗ КОРЕЯ РЕСПУБЛИКСЫ ҲӘМДЕ ХОРВАТИЯ МӘМЛЕКЕТЛЕРИ МЕНЕН ДЕ БИРГЕ ИСЛЕСЕДИ
янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugi — “Bog‘i-eram” MFY hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga qilgan Murojaatnomasining 4-ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar, xususan, 9-sinf bitiruvchilarini bilim darajasi va kasbiy qiziqishlariga qarab saralash tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilib, o‘quvchilarning kelgusi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashi, kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning qobiliyatlarini aniqlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘z ustida ishlash, zamonaviy kasblarni egallash va kelajak rejalarini aniq belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4