Новости

Последние новости

XALQ MUROJAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

XALQ MUROJAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Tuman Kengashi deputati Raxmanova Jamaloy Shomirzayevna tomonidan 24-talik masala yuzasidan Temirqadam MFYning Tag‘ob qishlog‘i, Olmazor ichki ko‘chasining mavjud holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chaning holati bilan yaqindan tanishilib, aholini qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash hamda muammoni hal etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bo’yicha deputatlik so’rovi chiqarildi.
Deputat faoliyatining asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdir.
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim qadami!

Slide 1 of 2