Новости

Последние новости

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashida yangi kun ish rejasini belgilashdan boshlandi

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashida yangi kun ish rejasini belgilashdan boshlandi
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman Kengashi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududiy muammolarni hal etish borasidagi galdagi vazifalar muhokama qilindi. Kuchli ijro intizomini ta'minlash maqsadida mas'ullarga aniq vazifalar yuklatilib, kunlik ish reja belgilab olindi.
Kengash kotibiyati oʻz ishini tizimli va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda davom ettirmoqda.