Новости

Последние новости

👨‍💼Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi 1-Go'zalkent saylov okrugi deputati, tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar va mas’ullar hamrohligida, Bog'onali mahallasida tumandagi barcha "mahalla yettiliklari" bilan zoom platformasi orqali onlayn muhokama o‘tkazmoqda. 🔎​Muloqot davomida hududlarda aholining yer va mol-mulk soliqlaridan mavjud qarzdorligini so‘ndirish masalasi atroflicha tahlil qilinib, soliq intizomini mustahkamlash, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini yuksaltirish hamda tushumlarni o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.

👨‍💼Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi 1-Go'zalkent saylov okrugi deputati, tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar va mas’ullar hamrohligida, Bog'onali mahallasida tumandagi barcha "mahalla yettiliklari" bilan zoom platformasi orqali onlayn muhokama o‘tkazmoqda.
🔎​Muloqot davomida hududlarda aholining yer va mol-mulk soliqlaridan mavjud qarzdorligini so‘ndirish masalasi atroflicha tahlil qilinib, soliq intizomini mustahkamlash, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini yuksaltirish hamda tushumlarni o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.

✅​Shuningdek, ijtimoiy muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijadorligi va amaliy samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolarini manzilli hal etish, ularga taqdim etilayotgan moddiy va ijtimoiy yordamlarning chinakam manbaiga yetib borishini ta’minlash vazifasi qo‘yilyapti.

✅​Bundan tashqari, hududlarda kichik biznes subyektlarini ro‘yxatga olish ishlarining amaldagi holati ko‘rib chiqilmoqda.

✅Bunda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi subyektlarni tashkil etishda sun’iy g‘ovlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga biznesini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanyapti. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️

Slide 1 of 2