Новости

Последние новости

⚡️Fuqarolar xavfsizligi va elektr ta’minoti – deputat nazoratida

⚡️Fuqarolar xavfsizligi va elektr ta’minoti – deputat nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
⚡️Deputat tomonidan ushbu masalalar yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov natijasida Boliob MFY hududidagi transformatorlar atrofini o‘rash hamda yangidan o‘rnatilgan simyog‘ochlarga havo elektr uzatish liniyalarini tortish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
⚡️Ushbu chora-tadbirlar elektr qurilmalari atrofida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
⚡️Deputatlik so‘rovi — muammolarni hal etish va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasi. N. Fatullayeva mazkur masalalarning amaliy ijrosini nazorat qilishda davom etadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2