Новости

Последние новости

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA SPORT TO‘GARAGI TASHKIL ETILDI

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA SPORT TO‘GARAGI TASHKIL ETILDI

📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov Mang‘itobod mahallasida tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.

🤼‍♂️ Deputat tashabbusi bilan homiylar ko‘magida mahallada yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun maxsus sport xonasi tashkil etildi. Mazkur xonada yoshlar uchun kurash to‘garagi yo‘lga qo‘yilib, ularning jismoniy chiniqishi, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.

✅ Bunday tashabbuslar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, milliy sportimiz — kurashni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2