🔰Sessiyaga kiritiladigan masalalar qoida tariqasida joyiga chiqib oʻrganildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Aleli” mahallasida joriy oyda tuman Kengashi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi holati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajarilgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
✔️Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarning holis va puxta o‘rganilishini ta’minlash, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topishdan iborat.
✔️Deputatlik nazorati — mablag‘larning maqsadli sarflanishi va aholi manfaatlarining ta’minlanishida muhim omil. Shu bois o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, masalalarni sessiyada ko‘rib chiqishda ularga alohida e’tibor qaratiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt