Новости

Последние новости

➡️Strategik hamkorlik — taraqqiyot va farovonlik omili

🔰#munosabat

➡️Strategik hamkorlik — taraqqiyot va farovonlik omili

🇺🇸AQSH davlat kotibi Marko Rubio va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Samarqanddagi uchrashuvi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
🇺🇿Deputat sifatida men xalqaro hamkorlikni mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va yangi imkoniyatlar yaratishning muhim omili deb bilaman. Ayniqsa, infratuzilma, koinot texnologiyalari va muhim minerallar sohalaridagi hamkorlik O‘zbekistonning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin.
🌏C5+1 platformasi doirasidagi muloqot esa Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
🌏Eng muhimi, xalqaro kelishuvlar aniq amaliy natijalar, yangi investitsiyalar, ish o‘rinlari va aholi farovonligining oshishida namoyon bo‘lishi lozim. Chunki tashqi siyosatdagi har bir muvaffaqiyat, avvalo, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi kerak.

Gulhayo Jabborova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt