SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
🌿 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumandagi meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlari yuzasidan Pastdarg‘om tumani Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshlig‘i A. Xudaynazarovning hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.
🔎 Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🏠 Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev Gulobod mahallasida bo‘lib, hududdagi ariq va zovurlar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mazkur ariq va zovurlar bundan uch yil avval qazilgani aniqlandi.
📋 O‘rganish jarayonida meliorativ obyektlarning bugungi holati, ulardan samarali foydalanish hamda hududda melioratsiya ishlarini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish va tegishli xulosalar chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.