Новости

Последние новости

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 19-oktabrdagi VII-35-125-7-101-K/26-son qarori bilan tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash holati va mavjud muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.

📊 9 oylik murojaatlar tahlili
2026-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Pastdarg‘om tumani aholisidan jami 7 083 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 212 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, bu jami murojaatlarning 35,8 foizini tashkil etadi.
📍 Hisobot davrida:
1 040 ta takroriy murojaat qayd etilgan;
44 ta jamoaviy murojaat kelib tushgan, shundan faqat 2 tasi ijobiy hal etilgan;
Bog‘ishamol, Beshbola, Galatut va Furqat mahallalarida murojaatlarni hal etish ko‘rsatkichlarini yaxshilash zarurligi qayd etilgan.
📑 Qaror bilan qanday vazifalar belgilandi?
🤩 Tuman Majburiy ijro byurosi, elektr ta’minoti korxonasi va gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlariga murojaatlar ko‘payishining sabablarini o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifalari yuklatildi.
🤩 Tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlariga murojaatlarni faqat rasmiy javob bilan cheklamasdan, ko‘tarilgan muammolarni amalda hal etish, takroriy murojaatlarning oldini olish va aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish topshirildi.
🤩 Kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, kadastr, aliment undirish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlarni tizimli o‘rganish belgilandi.
🤩 Tegishli doimiy komissiyalarga qaror ijrosini nazorat qilish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etildi.
🔎 Qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlar Kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib boriladi.
📌 Qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Dusmurotov zimmasiga yuklatildi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️