Новости

Последние новости

12-SONLI MAKTABNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

12-SONLI MAKTABNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🎓 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash maqsadida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati ko‘rib chiqildi.

💸 Mazkur ta’mirlash xarajatlari uchun 330 143,0 ming so‘m mablag‘ ajratish masalasi tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiq bajarilishi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida belgilangan.

✅ Maqsad — maktabdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Slide 1 of 4