Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Aminova saylangan 13-“Misgarlik” saylov okrugi hududidagi “Misgarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda shahar Mahallalar uyushmasi vakili J.Isroilov ishtirok etib, mahalladagi mavjud muammolar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan aholi murojaatlari kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur masala ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hudud obodonligini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Murojaatda ko‘tarilgan masalani hal etishga ko‘maklashish maqsadida, tegishli tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4