Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

 CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 28-«Chimboy» saylov okrugidan yangi saylangan deputat Ma’rufjon Mirzamaxmudov tomonidan "Chimboy" MFY hududida joylashgan 224-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasining mavjud holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik bazaning holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammo va kamchiliklar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

📚 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-son “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosining hududdagi ta'lim muassasasidagi holati o‘rganildi.

📖 Mazkur yo‘nalishda ta’lim muassasalarida boshqaruv samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifati ustidan tizimli monitoring olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👩‍🏫 Deputatlar maktablarda ta’lim sifatini oshirish faqat o‘quv jarayonini tashkil etish bilan cheklanmasdan, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bilan ham chambarchas bog‘liq ekaniga e’tibor qaratdi.

🏫 Shu bilan birga, maktabda yaratilgan ta’lim muhiti, o‘quvchilarning bilim olishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

📋 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy infratuzilma holatiga e’tibor qaratish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

💡 O‘rganish jarayonida 224-sonli maktabda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

🤝Sh.Umarxodjayeva va M.Mirzamaxmudov tomonidan ta’lim muassasasida o‘rganilgan masalalar, jumladan, Prezidentning PF-51-son Farmoni ijrosi, ta’lim sifati va moddiy-texnik sharoitlarni yaxshilashga oid vazifalar deputatlik nazoratiga olindi.

🔺 Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni bevosita o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 10