Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Karimova tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Ismoilovga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasiga qaratilgan.

Jumladan, shoshilinch qabul bo‘limi mavjud shifoxonalarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga birlamchi yordam ko‘rsatish uchun birlamchi ko‘mak xonalarini tashkil etish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash va tun-u kun faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘tarilgan.

Deputat so‘rovida tumandagi shifoxonalarda mazkur xonalarni tashkil etish bo‘yicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan aniq vazifalar va muddatlar haqida asoslantirilgan tushuntirish hamda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1