Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obikor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 20-Obikor saylov okrugidan saylangan deputat X.Salomov "Obikor" MFYda bo‘lib, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida mahalladagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1