Новости

Последние новости

янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida A.Navoiy ko‘chasini milliy uslub va zamonaviy me’moriy yechimlar uyg‘unligida qayta shakllantirish loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Kengash raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov ishtirok etdi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov boshchiligida o‘tgan muhokamada shahar qiyofasini yanada obod etish, ko‘cha infratuzilmasini takomillashtirish va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shahar qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i A.Ahadjonov deputatlarga A.Navoiy ko‘chasini milliy uslubda va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taklifi chizmasini taqdim etdi. Unda ko‘chaning me’moriy qiyofasini yangilash, tungi bezak chiroqlarini o‘rnatish va hududni obodonlashtirishga qaratilgan yechimlar namoyish etildi.

Deputatlar loyiha chizmasi bilan tanishib, uning turli jihatlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Muhokamada Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi R.To‘xtasinov ham o‘z munosabatini bildirib, loyihani shaharsozlik va infratuzilma talablari bilan uyg‘un holda amalga oshirish masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, yig‘ilishda ekspert-maslahat guruhi a’zosi, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i S.Toshpo‘latov ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni saqlash va yashil maydonlarni muntazam sug‘orish imkonini beruvchi tizimni ham loyiha doirasida ko‘zda tutish yuzasidan takliflarini ilgari surdi.

Muhokamalar davomida loyiha nafaqat ko‘chaning tashqi ko‘rinishini yangilash, balki uning qulayligi, obodonligi va uzoq muddat davomida saqlanib qolishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqildi.

Zero, shahar qiyofasini o‘zgartirish — bu shunchaki binolar va ko‘chalarni bezash emas. Bu milliy o‘zlikni aks ettiradigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladigan yaxlit yondashuvdir.

Slide 1 of 9