🔰Qonunchilik targ‘iboti – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili
🏦Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ortiq Sherov tomonidan komissiya faoliyatiga taalluqli qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yorituvchi infografika taqdim etildi.
🏦Mazkur infografika orqali korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik normalarini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli shaklda yetkazish maqsad qilingan.
🏦Qonunchilik hujjatlarini targ‘ib qilish fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va jamiyatda qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏦Huquqiy targ‘ibot va jamoatchilik xabardorligini oshirish – korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi muhim qadamdir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt