Новости

Последние новости

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputati B.Abdurahimov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi
M.Mo‘ydinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan tumandagi
44-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish,
tarbiyalanuvchilar uchun qulay va issiq sharoit yaratish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Xususan, isitish tizimiga mas’ul korxona - “Sharq Javohiri” MChJga tegishli
qozonxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining
texnik sozligi, mavjud jihozlarning holati hamda ularning mavsum davomida
barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qozonxona va
isitish tizimlarini mavsum davomida soz holatda saqlash hamda ta’lim
tashkilotida zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar holati o‘rganildi.
  

Slide 1 of 3