Новости

Последние новости

Aviachiptalar narxining pasayishi — aholiga qo‘shimcha qulaylik

🔰#munosabat

Aviachiptalar narxining pasayishi — aholiga qo‘shimcha qulaylik

➡️“16-oktabrdan boshlab ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxining o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirilishi fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratadi. Bu, avvalo, aholining havo transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi.
➡️Eng muhimi, transport xizmatlarining hamyonbop bo‘lishi fuqarolarning vaqtini tejash, ishbilarmonlik va ichki turizm faolligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zgarishlarda narxlar bilan bir qatorda xizmat sifati, parvozlar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun qulayliklarni ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega”.

Nodir Murodov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt