Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
YANGI BOG‘ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI O‘TKAZILDI

Atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va daraxtlarni zararkunandalar hamda turli kasalliklardan asrash — ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Bu borada qonunchilik talablariga rioya etilishi va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga oid 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugiga qarashli Yangi Bog‘ MFY hududida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ–877-son “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarning mahalla hududida amalga oshirilishi masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, o‘simliklarni himoya qilish, yashil maydonlarni saqlash, daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mahallaning 2026-yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga mo‘ljallangan “Mahallani yashillashtirish paketi” bilan ham tanishildi. Mazkur rejaga muvofiq, kuzgi mavsumda manzarali va mevali daraxtlar, butalar hamda qalamchalar ekish, mavjud yashil maydonlarni xatlovdan o‘tkazish va yashillik darajasi past hududlarni aniqlab, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini birinchi navbatda shu nuqtalarda tashkil etish belgilangan.

Rejada ko‘chat ekish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash va 2026-yil yakuniga qadar mahallaning yashillik darajasini 18,64 foizga yetkazish maqsadi qayd etilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Marg‘ilon shahar hokimligi, Yangi Bog‘ MFY fuqarolar yig‘ini, Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi hamda shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ul ijrochilar etib belgilangan.

Ta’kidlash joizki, ko‘chat ekishning o‘zi yetarli emas. Ekilgan daraxtlarning tutib ketishi, muntazam sug‘orilishi, zararkunandalardan himoya qilinishi va uzoq muddat parvarishlanishi ham muhim. Shu bois “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni faqat ekilgan ko‘chatlar soni bilan emas, balki ularning saqlanib qolishi va hudud ekologiyasiga qo‘shayotgan hissasi bilan baholash lozim.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — qonunchilik ijrosini kuzatish, belgilangan ekologik vazifalarning bajarilishiga e’tibor qaratish va mahallada yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 4