Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
TOSHKESAR SAYLOV OKRUGIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI MASALASI O‘RGANILDI


Hududlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish, kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini oshirishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, har bir faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti iqtisodiy faollikni ta’minlash bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirishga ham hissa qo‘shishi mumkin.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 12-Toshkesar saylov okrugi deputati X.Mashrabaeva tomonidan saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A.Jo‘raboyevga tegishli kiyim-kechak do‘koni faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida savdo faoliyatining tashkil etilishi, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan tadbirkor bilan suhbat o‘tkazildi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kichik biznes subyektlarining rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda bandlikni oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini muntazam o‘rganish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish mahalliy hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasi shunchaki reja emas, balki aholi, ayniqsa, ish izlayotgan fuqarolar uchun real imkoniyatga aylanishi lozim.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi tadbirkorlik faoliyatining mavjud holatini o‘rganish, uni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish va qo‘shimcha bandlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Slide 1 of 3