Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

#tuman_hokimi
Nurobod tumani Amir Temur massivida Soliyev Dilshod rahbarligidagi fermer xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda g‘alla ekish ishlariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi Maxsud Buranov, sektor rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida g‘alla ekish jarayonida zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, yerga sifatli ishlov berish, urug‘likni belgilangan me’yorlar asosida ekish hamda hosildorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yuqori hosil olish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Bunday amaliy seminarlar fermer xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, tajriba almashish va g‘allachilikda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5