Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
NUROBOD TUMANIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YECHIM TOPMOQDA

#Tuman_hokimi

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga qonuniy va adolatli yechim topish hamda aholi roziligini ta’minlash — davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi M.Buranov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli ochiq muloqot va amaliy yechimlarga yo‘naltirildi.

Qabulda tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Shermuhamedov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Erkinov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalarni bayon etib, takliflarini bildirdilar. Xususan, ijtimoiy himoya, bandlik, tibbiy xizmat, kadastr va mulk huquqi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat mas’ul mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Muammolarni bartaraf etish muddatlari va mas’ullar belgilandi. Ayrim murojaatlar esa qabul jarayonidayoq o‘z yechimini topdi.

Shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan tashabbuslari ham e’tibordan chetda qolmadi.

Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga shunchaki javob berish emas, balki ularning muammolarini amalda hal etishdir. Shu bois Nurobod tumanida aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6