Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
AKADEMIK LITSEYDA SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi, 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Olmaliq davlat texnika instituti akademik litseyiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining sport zali, mavjud sport anjomlari va jihozlarining holati bilan tanishdi.
❇️ O‘rganish davomida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zalining imkoniyatlari hamda sport anjomlarining mavjudligi va ulardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli yoshlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalarining ahamiyati ta’kidlandi.
🏅 O‘rganish jarayonida yoshlarning sport musobaqalaridagi yutuqlari ham e’tirof etildi.
Parkent tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol, stol tennisi, shashka, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha tuman bosqichi musobaqalari o‘tkazilgan.
🥇 Quvonarlisi, Olmaliq davlat texnika instituti akademik litseyi o‘quvchilari mazkur musobaqalarda faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etgan hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan.
🟢 Voleybol — litseyning qizlar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
🟢 Stol tennisi — Abdug‘afforov Husanboy g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
🟢 Shashka — Abdug‘afforov Husanboy ushbu yo‘nalishda ham g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
🟢 Yengil atletika, 200 metr — Ergashxo‘jayeva Shaxzoda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
🟢 Yengil atletika, 300 metr — Quralova Malika ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
❇️ Sport — sog‘lom avlod, kuchli iroda va yuksak marralar garovi!
Deputatlik vakolati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar yoshlarning ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
‼️ Akademik litsey o‘quvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va viloyat bosqichida ularga omad, kuch-g‘ayrat hamda yangi g‘alabalar tilaymiz!
🫥 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — yoshlar manfaatlari va kelajagi yo‘lida!

Slide 1 of 17