Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13-band #17-band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Termiz shahridagi ko‘p kvartirali uy-joylarni 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan olib borildi.

Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 13- va 17-bandlari doirasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalari, uylar atrofining tozaligi hamda yoritilishi, shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari o‘rganildi.
Asosiy e’tibor ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarining holati, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasiga qaratildi.

Deputatlik nazoratining maqsadi — ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchilar uchun toza, obod va xavfsiz muhit yaratish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini kuchaytirish.

Slide 1 of 5