Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Do‘stlik” mahallasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 24 ta muhim tavsiya asosida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ularning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inida jami 55 ta kambag‘al oila mavjud bo‘lib, shundan 21 tasi davlat ta’minotidagi, 27 tasi tegishli reestrga kiritilgan hamda 7 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida mazkur toifadagi oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3