Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ish izlovchilar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limga murojaat qilgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlardan xabardorligini oshirish hamda ishga joylashishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘naltirish va amaliy yordam ko‘rsatish holatiga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish tartibi, shuningdek, ish izlovchilar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida o‘z vaqtida ma’lumot berishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3