Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining XXV sessiyasi boshlanish arafasida

 Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 

XXV sessiyasi boshlanish arafasida

Ayni daqiqalarda Namangan shahridagi "Ma’rifat maskani" binosining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi boshlanish arafasida.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat boshqarma va idoralari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taklif etilgan mutasaddilar ishtirok etish uchun jam bo‘lmoqda.

Shuningdek, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev sessiya ishida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib, majlislar zalidan joy oldilar.

Sessiya kun tartibiga viloyatda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, mahalliy budjet ijrosi, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hisobotlarni ko‘rib chiqish kiritilgan.

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanishi, deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazilishi hamda tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 2