Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala
#Kengash_raisi_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi a’zolari hamkorligida Qiziriq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida muassasa faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda 2026–2027-yillar nosug‘orish davri (oktabr–mart) uchun tuman chegarasidan olinadigan iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar, hisob-kitoblar hamda mavjud holat tahlil qilindi.

Shuningdek, nosug‘orish davrida suv resurslaridan samarali foydalanish, iste’molchilar kesimida suvga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri aniqlash, suv olish limitlarini belgilash hamda suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida muassasaning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muassasa faoliyatini deputatlik nazorati doirasida tahlil qilib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2