Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#24_ta_tavsiya #kotibiyat_xodimi_faoliyati #Haftalik_ish_reja
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi #nazorat_tahlil

«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevning saylov okrugidagi «Yangikent» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov mahalla ijtimoiy xodimining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, ehtiyojlarini o‘rganish hamda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2