Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiya #kotibiyat_xodimi_faoliyati #Haftalik_ish_reja
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi #nazorat_tahlil

«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch. Alimovning saylov okrugidagi «Do‘stlik» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov mahalla yoshlar yetakchisi ko‘magida imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan fuqaro faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan 50 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, mahalla hududida zamonaviy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish, shoxobchani ishga tushirish jarayoni hamda aholi uchun qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur tadbirkorlik loyihasi to‘liq ishga tushirilishi natijasida 5 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgani qayd etildi. Bu esa mahalla aholisining, xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘rganish yakunida tadbirkorlik faoliyatini barqaror yo‘lga qo‘yish, shoxobchani ishga tushirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4