Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Yakkaterak mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi

Yakkaterak mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-Yakkaterak saylov okrugidan saylangan deputat I. Qurbonovning saylov okrugidagi “Yakkaterak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi elektr tayanch ustunlarining holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi elektr ta’minoti tarmoqlariga tegishli tayanch ustunlarining texnik holati, ayrim ustunlarning eskirgani va ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish zarurati yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholi uchun barqaror va xavfsiz elektr ta’minotini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlarini yuborish rejalashtirildi. Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2