Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
MAVIS — BANDLIK VA YANGI ISH O‘RINLARI MANBAI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #bandlik_masalasi

MAVIS — BANDLIK VA YANGI ISH O‘RINLARI MANBAI

📇 Uchtepa tumanida ishlab chiqarish faoliyatini olib borayotgan “MAVIS” korxonasining aholini ish bilan ta’minlashdagi o‘rni, mavjud ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.

💼 Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umid Yakubxo‘jayev hamda Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov ishtirok etdi.

🤔 O‘rganish davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud ish o‘rinlari va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Bugungi kunda korxonada 100 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgani, ishlab chiqarish faoliyatining kengayishi esa kelgusida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini berishi ta’kidlandi.

💹 Muloqot davomida Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, ayniqsa, kasb-hunar va mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lgan aholini ishlab chiqarish korxonalariga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va mahsulot turlarini kengaytirish bilan bir qatorda, bandlikni ta’minlash, fuqarolar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

💬 Suhbat davomida korxona faoliyatida yechimini kutayotgan ayrim masalalar, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar ham muhokama qilindi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechimlarini topish yuzasidan fikr almashildi.

↗️ “MAVIS” kabi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini rivojlantirish nafaqat mahalliy mahsulotlar hajmini oshirish, balki Uchtepa tumanida aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini ko‘paytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4