Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Yangi bog‘ mahallasida ichimlik suvi loyihasi ijrosi o‘rganildi

Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarda yillar davomida to‘planib kelayotgan infratuzilmaviy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VII-20-13-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shaharning turli hududlaridagi dolzarb muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan qator loyihalar belgilangan. Jumladan, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish kabi yo‘nalishlarga mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish Kotibiyat mudiri A.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi, deputat A.Mahkamov, doimiy komissiya a’zosi S.Azizov hamda mahalla faollari ishtirokida Yangi bog‘ mahallasining Usta Olim ko‘chasida olib borildi.

O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mazkur hududga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha belgilangan loyiha ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda loyiha doirasidagi qurilish-montaj ishlari boshlangan va belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida Usta Olim ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish ko‘zda tutilgan.

Joylardagi o‘rganish jarayonida nafaqat ishlarning boshlangani, balki ularning sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan loyiha ijrosi kelgusida ham nazorat qilib borilishi, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bunday infratuzilmaviy loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratish bilan birga, mahalliy Kengashlarning qarorlar ijrosi ustidan nazoratini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7