Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 11-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, mavjud isitish vositalarining sozligi va foydalanishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quv xonalari, ma’muriy va yordamchi binolarda issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va kamchiliklarni bartaraf etish deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4