Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kotibiyat mudirining bugungi ish rejasida

Kotibiyat mudirining bugungi ish rejasida

Bugun kunning birinchi yarmida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib boriladi.

O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan ishlar, obodonlashtirish va bunyodkorlik jarayonlari, mavjud muammolar hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar holati ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mahalladagi “Yettilik” faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganiladi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglanadi. Hududda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilishi hamda ijrosi nazoratga olinishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatning bugungi ish rejasining birinchi yarmida amalga oshirilishi belgilangan.