Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan fuqaro M.Egamnazarovning uy-joyini ta’mirlash masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga asosan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilib, rasmiy o‘rganish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Deputatlik so‘rovi asosida ishchi guruh tomonidan fuqaroning yashash manziliga chiqib, holat o‘rganildi, o‘rganish davomida Qo‘qon shahar “Uzumzor” MFY, Oqyo‘l ko‘chasi, 107-uyda yashovchi fuqaro Egamnazarov Murodjon Usarovich oilasi bilan istiqomat qilishi, shuningdek, oila Kambag‘allik reyestriga kiritilgani aniqlandi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning uy-joyining ko‘cha tomondagi devori avariya holatida ekani va ta’mirlashga muhtojligi ma’lum bo‘ldi.

️Murojaat yuzasidan ijtimoiy xodim tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasi tuzilgan hamda xotin-qizlar faoli tomonidan uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha tegishli ro‘yxat shakllantirilgan.

Hozirgi kunda mahalla balansida uy-joyni ta’mirlash uchun yetarli mablag‘ mavjud emasligi sababli arizani rasmiylashtirish imkoniyati bo‘lmagan. Shu bilan birga, mahalla balansiga zarur mablag‘lar tushishi bilan fuqaroning murojaatini rasmiylashtirish belgilangan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning uy-joyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi