Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O'.Tojiyeva tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida ko‘tarilgan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahrining “Nurafshon” mahallasi Firdavsiy, Axillik va Obiravon ko‘chalari kesishmasida ichimlik va oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash ishlari olib borilgandan so‘ng yo‘l qoplamasi qayta tiklanmagani, natijada mazkur hududdagi yo‘lning kavlangan va ta’mirtalab holatda qolayotgani yuzasidan aholi tomonidan murojaatlar bildirildi.

️Mazkur masalani amaliy hal etish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari M.Mirmaqsudovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Nurafshon” mahallasidagi Firdavsiy, Axillik va Obiravon ko‘chalari kesishmasida “Suvoqava” korxonasi tomonidan kavlangan yo‘l qismini qayta tiklash va asfaltlashtirish ishlari qachon to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan aniq ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda mazkur yo‘l qismini ta’mirlash bo‘yicha “Suvoqava” korxonasi va mas’ul pudrat tashkilotlari tomonidan aniq reja-jadval ishlab chiqish, yo‘l qoplamasini asli holatiga keltirish ishlarini tashkil etish muddatlari haqida asoslantirilgan ma’lumot va tushuntirish berish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi nazorat qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2