Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Tadbirkorlik faoliyati va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi N.Komiljonov faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor R.Mirzayevning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisining ko‘magi asosida tadbirkorga o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Shuningdek, korxona rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, bugungi kunda korxonada 15 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi.

Muloqot davomida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish hamda onlayn savdoni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, mavjud bino va inshootlardan samarali foydalanish, mahalladagi bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va kelgusida ularni korxonada ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4